Playdom (playdom.uz) — O‘zbekistondagi o‘yinlarga donat va hisob to‘ldirish xizmati. O‘yin valyutasi o‘yin ID orqali, parolsiz va bir necha soniyada yetkaziladi.
20 000+
foydalanuvchi
100 000+
bajarilgan buyurtma
~30 soniya
o‘rtacha yetkazish
24/7
qo‘llab-quvvatlash
Playdom — o‘yinchilar uchun donat xizmati: Mobile Legends, PUBG Mobile, Free Fire, Genshin Impact, Roblox, Magic Chess: Go Go, Wuthering Waves, Zenless Zone Zero, Oxide, Steam va Telegram Stars. Bularning hammasi bitta saytda, Telegram Mini App va Android ilovasida.
Buyurtma to‘liq avtomatik bajariladi: o‘yin ID (kerak bo‘lsa server) kiritiladi, to‘lov qilinadi va o‘yin valyutasi hisobga o‘zi tushadi. Buyurtma holati jonli ko‘rinib turadi.
Playdom O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tgan tadbirkor — YATT MAMBETOV AVAZBEK SHAROFIDDINOVICH tomonidan yuritiladi. Xizmat shartlari ommaviy ofertada, shaxsiy ma’lumotlar bilan ishlash — maxfiylik siyosatida yozilgan.
Playdom o‘yin ishlab chiquvchilarining, jumladan Moonton (Mobile Legends) ning rasmiy hamkorlik dasturlari orqali ishlaydi: o‘yin valyutasi rasmiy kanal orqali, o‘yin qoidalariga mos ravishda yetkaziladi.
To‘lovlar litsenziyalangan to‘lov tizimlari — Payme va Paynet orqali hamda Uzcard/Humo kartalari bilan qabul qilinadi.
Playdom hech qachon o‘yin akkauntingiz paroli, SMS kodi yoki karta ma’lumotlarini so‘ramaydi. To‘ldirish faqat ochiq ma’lumot — o‘yin ID bo‘yicha bajariladi. To‘lashdan oldin sahifada o‘yinchi nomi ko‘rsatiladi, shuning uchun noto‘g‘ri hisobga yuborib qo‘yish xavfi kam.
Qo‘llab-quvvatlash 24/7 ishlaydi: saytdagi chat, Telegram va support@playdom.uz pochtasi orqali. Hamkorlik bo‘yicha ham shu pochtaga yozing.